insurez

Rahbaryat


  • Alimova Gavhar Zayirovna


    Lavozimi: Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi


    Qabul kunlari:Haftaning har Chorshanba kuni Xalq qabulxona binosida Soat 09-00 dan 13-00 gacha


    E-mail:gavharalimova1970@gmail.com


    Telefon raqami:83664561001

  • Alimova Gavhar Zayirovna-Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi

    Tug‘ilgan yili:06.10.1970 Tug‘ilgan joyi: Samarqand viloyati, Jomboy tumani
    Millati: o‘zbek Partiyaviyligi:  O‘zbekiston “Adolat” sotsial demokratik partiyasi a’zosi
    Ma’lumoti: oliy Tamomlagan: 1995 y. Samarqand davlat universiteti (sirtqi) Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi: tarixchi, o‘qituvchi

    Davlat mukofotlari bilan taqdirlanganmi (qanaqa):

    2016 y. “Shuhrat” medali
    2022 y. “Do‘stlik” ordeni
    Xalq deputatlari, respublika, viloyat, shahar va tuman Kengashi deputatimi yoki boshqa
    saylanadigan organlarning a’zosimi (to‘liq ko‘rsatilishi lozim):
    2015-2019 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni asosida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati a’zosi
    2020 y. - h.v. - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati a’zosi
    2020 y. - h.v. - Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati
    2020 y. - h.v - Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi deputati

    MЕHNAT FAOLIYATI

    1989-1991 yy. - Samarqand viloyati Jomboy tumani 16-maktab bosh yo‘riqchisi
    1991-1992 yy. - Samarqand viloyati Payariq tumani 1-maktab o‘qituvchisi
    1992-1995 yy. - Toshkent shahri Hamza tumani 152-maktab o‘qituvchisi
    1995-1997 yy. - “Mulkdor” gazetasi kadrlar bo‘limi boshlig‘i
    1997-1998 yy. - Toshkent shahar Hamza tumani 10-sonli musiqa maktabi o‘qituvchisi (tarjimon)
    1998-1999 yy. - Respublika “Adolat” gazetasi muxbiri
    1999-2003 yy. - Toshkent shahri Hamza tumani hokimligi Oila, onalik va bolalikni muhofaza qilish majmuasi bosh mutaxassisi
    2003-2004 yy. - Toshkent shahar Hamza tumani hokimi o‘rinbosari - xotin-qizlar qo‘mitasi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi
    2004-2006 yy. - Toshkent shahar Hamza tumani “Mahalla” jamg‘armasi raisi o‘rinbosari
    2006-2009 yy. - O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamg‘armasi respublika boshqaruvi Oila va xotin-qizlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi
    2009- 2011 yy. - O‘zbekiston Respublikasi  Vazirlar Mahkamasining  Oila, onalik va bolalikni  ijtimoiy muhofaza qilish  kompleksi  mutaxassisi 
    2011-2015 yy. - O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi respublika boshqaruvi raisi o‘rinbosari
    2015-2018 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, Senatning Reglament va odob komissiyasi raisi o‘rinbosari
    2018-2020 yy. - Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi
    2020 y. - h.v - Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi

    Shahar hokimi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari va Vazirlar Mahkamasi hamda viloyat hokimligi qabul qilgan hujjatlar, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘rtasidagi aloqalarni, aholini shaharni boshqarishga jalb etishni ta’minlaydi;
    o‘ziga berilgan vakolatlar doirasida tegishli hududda joylashgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar, shuningdek mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan ijro etilishi majburiy bo‘lgan qarorlar qabul qiladi;
    O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi hamda viloyat hokimligining hujjatlarining, yuqori turuvchi organlar va tegishli xalq deputatlari viloyat, shahar Kengashi qarorlarining ijrosini tashkil etadi;
    jamoat tartibiga rioya etilishi va jinoyatchilikka qarshi kurash, fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash, ularning huquqlarini himoya qilish vasalomatligini muhofaza etish bilan bog‘liq chora-tadbirlar  ko‘radi,  tabiiy ofatlar,  epidemiyalar va boshqa  favqulodda hollarda  tegishli  ishlarni tashkil etadi;
    Shahar iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini, shahar mahalliy budjetining tegishli loyihasini, shuningdek uning ijrosito‘g‘risidagi hisobotni xalq deputatlari shahar Kengashiga taqdim etadi;
    xalq deputatlari shahar Kengashiga shahar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining  eng muhim va  dolzarb masalalari yuzasidan  hisobotlar  taqdim etadi;
    Samarqand viloyat hokimligi bilan kelishilgan holda shahar hokimining o‘rinbosarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi. Ushbu masalaga doir qabul qilgan qarorlarini shahar Kengashining tasdig‘iga kiritadi;
    hokimlik tarkibiy bo‘linmalari rahbarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
    Berilgan vakolatlari doirasida shahar tashkilotlari rahbarlarini lavozimga tayinlaydi va amaldagi tartibga asosan shahar Kengashi tasdig‘iga kiritadi. Shuningdek, tegishli boshqarma, korxona va tashkilotlar rahbarlarini lavozimga tayinlash bo‘yicha viloyat idoralariga takliflar kiritadi;
    rahbarlari tegishli xalq deputatlari shahar Kengashi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan ijroiya hokimiyati tuzilmasi bo‘linmalarining ishini nazorat qiladi;

    Xalq deputatlari shahar Kengashi va hokim qabul qilgan va chiqargan hujjatlarni bajarmaganliklari uchun mansabdor shaxslarni intizomiy javobgarlikka tortish to‘g‘risida qonunda belgilangan tartibda taqdimnoma kiritadi;

    davlat mukofotlari bilan taqdirlashga doir iltimosnomalarni qarab chiqadi va takliflar kiritadi;

    respublika va xorijda shaharning rasmiy vakili sifatida ish ko‘radi;

    qonun hujjatlarida belgilanadigan alohida soliqlar bo‘yicha belgilangan stavkalarga hududlarning hamda faoliyatni amalga oshirish joyining xususiyatlarini inobatga olgan holda pasaytiruvchi va oshib boruvchi koeffitsiyentlarni kiritadi;

    aholini qabul qilishni tashkil etadi, jismoniy va yuridik shaxslarning shikoyat, ariza va takliflarini qarab chiqadi, “Xalq qabulxonalari” ni faoliyat ko‘rsatishiga har tomonlama ko‘maklashadi;

    zarurayatga qarab, ammo bir yilda kamida ikki marta xalq deputatlari shahar Kengashining sessiyasini chaqiradi, sessiyani olib boradi, uning xujjatlarini imzo qo‘yib tasdiqlaydi;

    yangi texnologiyalar va texnikalarni joriy qilish orqali iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, bunda yangiliklarni o‘zlashtirishga yuqori darajadagi qobiliyatli ilmiy va intellektual salohiyatdan samarali foydalanish choralarini ko‘radi;

    davlat strategik va safarbarlik zaxiralarini shakllantirishni, shu jumladan, ularni to‘plash, saqlash va yangilab borishni, shuningdek davlat strategik va safarbarlik zaxiralaridan belgilangan tartibda tezkorlik bilan foydalanishga doimiy tayyor bo‘lishni ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiradi;

    Hokim rejalashtirish, budjet, moliya, hisob-kitob, shahar mulkini boshqarish,  mulkchilikning  turli shakliga  mansub korxonalar,  muassasalar va tashkilotlar bilan hamjihatlik qilish, yer va boshqa tabiiy resurslardan fofoydalanish,  tabiatni  muhofaza  qilish,  qurilish, transport, yo‘l xo‘jaligi va aloqa, aholiga kommunal, savdo va ijtimoiy- madaniy xizmat  ko‘rsatish, aholini ijtimoiy  muhofaza  qilish, qonuniylik,  huquq - tartibot  va xavfsizlikni ta’minlash, fuqarolarning huquq va  erkinliklarini   muhofaza  qilish sohasida  qonun  hujjatlarida o‘z vakolatiga berilgan bosh qa masalalarni ham hal etadi.
    Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi boshqaruv apparati to‘g‘risidagi Nizom va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq ish ko‘radi.

    Quyidagi komissiyalar va kengashlar ishiga rahbarlik qiladi:

    Shahar hokimligi huzuridagi Xorijiy fuqarolarga shu jumladan MDH qatnashchilari bo‘lgan davlat fuqarolariga hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga shahar hududida yashash uchun ruxsatnomalar berish, shuningdek ularni doimiy ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqish bo‘yicha maxsus komissiya;

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 fevraldagi “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash  va oila institutini  mustahkamlash  sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5325-son Farmoni amalga oshirilishi bo‘yicha
    chora-tadbirlar bajarilishini muvofiqlashtiruvchi shahar komissiyasi;

    Yoshlar masalalari bo‘yicha shahar idoralararo Kengashi;

    shahar Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi;

    Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha shahar komissiyasi;

    Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha hududiy idoralararo komissiya;

    shahar hokimligi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish komissiyasi;

    shahar epidemiyaga qarshi kurash favqulodda komissiyasi;

    Yer tanlash va ajratish komissiyasi (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiquvchi shahar komissiyasi;

    Toshqinga qarshi kurash bo‘yicha shahar komissiyasi;

    shaharda bolalarni yozgi sog‘lomlashtirish va dam oldirish komissiyasi;

    Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha hududiy komissiyasi;

    Ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlariga narx-navoni monitoring va nazorat qilish  bo‘yicha  doimiy  faoliyat  yuritadigan hududiy komissiya;

    Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha obyektlarini 2018/2019 yillar kuz-qish  davrida  barqaror  ishlashga  tayyorlashni  muvofiqlashtirish bo‘yicha shahar komissiyasi;

    Energiya samaradorligi va energiyaning tiklanadigan manbalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha shahar komissiyasi;

    Tanosil kasalliklariga qarshi kurashish shahar idoralararo komissiyasi;

    Maktabgacha ta’lim tizimini tanqidiy o‘rganish va yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish bo‘yicha komissiya;

    OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishga doir tadbirlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha shahar komissiyasi;

    2020 yilda Tokio (Yaponiya) shahrida bo‘lib o‘tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o‘yinlariga shahar sportchilarini sifatli tayyorlashni tashkil etish bo‘yicha shahar komissiyasi;

    Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi shahar Kengashi;

    qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etiladigan boshqa hududiy komissiyalar va kengashlar.

    O‘z vakolati doirasida quyidagi tashkilotlarning tegishli masalalari ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi va faoliyatini muvofiqlashtiradi:

    Davlat xavfsizlik xizmati Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘linmasi;

    shahar prokuraturasi;

    shahar ichki ishlar bo‘limi;

    shahar adliya bo‘limi;

    jinoyat ishlari bo‘yicha shahar sudi;

    shahar iqtisodiy sudi;

    shahar Ma’muriy sudi;

    shahar bojxona bo‘limi;

    shahar favqulodda vaziyatlar bo‘limi;

    shahar mudofaa ishlari bo‘limi;

    boshqa huquqni muhofaza qilish organlari.