ZULFIYAXONIM IZDOSHLARI BELLASHDILAR
SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida Zulfiya mukofotiga nomzodlarni saralash bo‘yicha shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Unda 14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan xotin-qizlar fan, san’at, adabiyot, sport, jamoatchilik ishlari va pazandachilik mahoratidan iborat 6 ta yo‘nalish bo‘yicha bellashdilar. Ayniqsa, adabiyot yo‘nalishi bo‘yicha qatnashgan iqtidorli qizlarning ijod namunalarini ishtirokchilar katta qiziqish bilan qarshi oldilar.
Ushbu tanlovda shahar hokimi Gavhar Alimova hamda xotin-qizlarning sevimli nashri bo‘lgan “Saodat” jurnalining ijodkorlari Munavvara Usmonova, Qutlibeka Raximboeva hamda Feruza Oripovalar ishtirok etdilar.
Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.