Zomin mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
Bugun shahrimizdagi Zomin mahallasida Kattaqo‘rg‘on shahar IIB boshlig‘i podpolkovnik G‘ulom Islomovning navbatdagi shaxsiy qabuli o‘tkazildi. Qabul davomida 8 nafar fuqarolarning murojaatlari o‘rganilib, 3 nafar fuqaroning murojaati joyida hal etildi va 5 nafar fuqarolar murojaati ijobiy hal etish uchun tegishli tashkilot xodimlariga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi.
Shuningdek, ushbu mahalladan probatsiya hisobida ro‘yxatda turuvchi shaxslar bilan ham uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida kelgusida qayta jinoyat sodir etmaslik, sud tomonidan belgilangan cheklovlarga amal qilishi to‘g‘risida tushuntirildi.