"ZOMIN" MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI O'RGANILDI
Bugun shahrimizdagi “Zomin” mahallasida shahar hokimi Gavhar Alimova tomonidan fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi. Mazkur sayyor qabulda fuqarolar tomonidan 10 ga yaqin o‘z yechimini kutayotgan masalalar bilan ishtirok etishdi.
Qabul jarayonida fuqarolardan asosan kanalizasiya, ichki yo'l ta'miri, kredit ajratish va boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.
Mazkur murojaatlarning 2 tasi joyida ijobiy hal etildi va yechimi muddat va mablag‘ talab etilgan qolgan murojaatlar mutasaddi tashkilotlarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi.
Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.




