insurez
07-01-2025 16:52

"Zakovatda Bolalar" Intellektual loyihasi


"Kreativ taʼtil" loyihasi doirasida O‘zbekiston Bolalar Tashkiloti Samarqand viloyati Sardorlar Kengashi tomonidan “Zakovatda Bolalar” intellektual o‘yini tashkil etildi. Bolalarning bilimga bo‘lgan qiziqishini oshirish va ularning intellektual rivojlanishida ahamiyatli ushbu tadbirda 25 ta jamoa o‘z bilim va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini sinovdan o‘tkazdi.

Tanlovning yakuniy natijalari bo’yicha Kattaqo‘rg‘on shahar 11-IDUM o‘quvchilar jamoasi faol ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni egalladi hamda tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Teglar
- -