insurez
30-11-2024 08:50

YURISH MARAFONI O’TKAZILDI


Bugun, Kattaqo'rg'on shahrida erta tongdan 1-dekabr “Butunjahon OITSga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan "OITSga qarshi birgalikda kurashamiz!" shiori ostida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadidagi "Sog‘lom hayot sari 5000 qadam" yurish marafoni o'tkazildi. 

Shahar darvozasidan start berilgan mazkur marafonda shahar hokimi Gavhar Alimova boshchiligida  shahrimizdagi korxona-muassasalari, SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali o’qituvchilar, xotin-qizlar hamda talabalar harbiy orkestr sadolari ostida shahrimizning Amir Temur ko‘chasi bo‘ylab yurishdi.
 
Marafon davomida harbiy qismda saf bo‘lib tizilgan xotin-qizlar sog‘lomlashtirish mashqlarini ham bajarishdi.

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -