Yuqori ko‘rsatkichni qayd etgan xodim rag‘batlantirildi
Prezidentimiz tomonidan mavjud muammolarni aniqlash va hal qilish, aholining turmush sharoitini yaxshilash borasida “mahallabay” ishlash tizimi yo‘lga qo‘yildi. Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida ham soliq xizmati inspektorlari “mahallabay” ishlash tizimida samarali faoliyat yuritib kelmoqdalar.
Kattaqo‘rg‘on shahar soliq inspeksiyasi xodimi Xusnitdin Jo‘raevga “Mahallabay” ishlash tizimi bo‘yicha yuqori natijalarga erishib kelayotgan xodimlardan hisoblanadi.
– Menga 2 ta mahalla biriktirilgan, – deydi X. Jo‘rayev. – Hududimda 76 ta yuridik shaxs, 64 ta yakka tartibdagi tadbirkor, 391 nafar o‘zini o‘zi band qilgan shaxs faoliyat yuritadi. 895 nafar mol-mulk solig‘i, 884 nafar yer solig‘i to‘lovchilar ro‘yxatdan o‘tgan. 83 nafar deklaratsiya to‘lovchilar mavjud. Joriy yil давомида Zarafshon va Kunjupay mahallalarida 12 ta yakka tartibdagi tadbirkor, 9 ta yuridik korxona, faoliyat boshladi. Shuningdek 2 ta YaTT va 3 yuridik korxona faoliyati tiklandi.
Xusnitdin Jo‘raev tizimda halol mehnati tufayli budjetga qo‘shimcha mablag‘larni jalb etib, belgilangan ko‘rsatkichlarni bajarilishida doimiy ravishda namuna bo‘lib kelayotganligi uchun Soliq qo‘mitasi raisining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi. Ta’kidlash lozimki, soliq inspektorlari samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) “Mahallalarda soliq organlari faoliyati” axborot tizimi orqali baholanadi.