Yoshlarning muammolari o‘rganildi
Mamlakatimizda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida bir qancha farmon va qarorlar joriy qilinib, hayotga tadbiq etilishi natijasida ko‘plab yoshlarning hayotlarida o‘zgarishlar bo‘lmoqda. Muammolar hal etilmoqda.
Shu jumladan, Kattaqo’rg’on shahar hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Shaxlo Kuchkarova “Oq -oltin” mahallasidagi yoshlar bilan uchrashib, suhbatlar davomida ularning muammolari atroflicha o‘rganildi.
Yoshlarning aksariyat muammolariga joyida yechim topildi. Shuningdek, ayrim masalalarni hal etilishi bo‘yicha tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.