Yoshlarni buzg‘unchi g‘oyalar ta’siridan saqlash muhim
Bugun Kattaqo‘rg‘on shahar Miyonkol MFY da uyushmagan yoshlar o‘rtasida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning viloyat hududiy boshqarmasi Kattaqo‘rg‘on shahar xodimi B.Qodirov, shahar bosh imom xatibi A.Nazarov va shahar Yoshlar ishlari bo‘limi bosh mutaxassisi B.Kuzievlar ishtirok etishdi.
Uchrashuvda yoshlar o‘rtasida bugungi kunda uchrab turgan jinoyatchiliklar, salbiy oqibatlari va ularni oldini olish borasida ham fikrlar bildirildi. Samimiy muloqot tarzida o‘tgan davra suhbati davomida yurtga sadoqat, fidoiylik, bag‘rikenglik g‘oyalari haqida so‘z yuritilib, yoshlarni qiziqtirgan savollar bo‘yicha tegishli ma’lumotlar berildi. Shuningdek, ushbu tadbirda ishtirokchilarga to‘g‘ri yo‘ldan adashganlar qismatini hikoya qiluvchi “Tinchlik qadri” nomli hujjatli film namoyish etildi.