insurez
14-11-2024 14:57

Yoshlarga oid davlat siyosati bugungi kunning dolzarb mavzusi


Bugun shahar Soliq inspeksiyasi binosida yoshlar bilan ishlash masalalari bo’yicha yig’ilish o’tkazildi. Unda shahar hokimi Gavhar Alimova, Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi raisi Dilfuza Azizova, tegishli mas’ullar shuningdek, mahalla yoshlar yetakchilari ishtirok etdi.

Yig’ilish davomida shahar Yoshlar ishlari bo’limi boshlig’i B.Kuziyev o’tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar yuzasidan hisobot berdi.  “O’rikzor” mahalla yoshlar yetakchisi O.Qodirovning ham “Yoshlar o’rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish” mavzusidagi taqdimoti ishtirokchilarga havola etildi.

Tadbirda shahar hokimi tomonidan kun tartibidagi masala yuzasidan fikrlar bildirilib, kelgusida bu borada amalga oshirish lozim bo’lgan vazifalar bo’yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

                               

Teglar
- -