Yoshlar yetakchilarining yillik hisobotlari tinglanmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2022-yil 19-yanvardagi qaroriga muvofiq joriy yil dekabr oyida yoshlar masalalari bo‘yicha mas’ullarning hisobotini eshitish belgilangan.
Shu munosabat bilan Kattaqo’rg’on shahridagi mahalla yoshlar yetakchilarining 2024-yilning yanvar-dekabr oylari davomida amalga oshirilgan ishlar natijalari bo‘yicha sektorlar kesimida taqdimot shaklida hisobotlar tinglanmoqda.