insurez
09-11-2024 11:05

Yosh shaxmatchi qiz hokim kubogi turnirida noutbuk yutib oldi


Mubina Tolibjonova shahar 17-maktabning 1-sinfida o‘qiydi. Bugun ushbu yosh shaxmatchi qiz shaxmat bo‘yicha o‘tkazilgan “Hokim kubogi” turnirida g‘olib bo‘ldi. Shahar hokimi Gavhar Alimova Mubinaga noutbuk sovg‘a qildi va uning ushbu yutuqni qo‘lga kiritishida qo‘llagan otasi Obid Temirovga alohida minnatdorchilik bildirdi. 

Shahar hokimi farzandlarning ta’lim-tarbiyasida ota-onalarning mas’uliyati juda muhim ekanligini hamda bugun o‘zining ham shahar hokimi sifatida faoliyat yuritishi va shu kunga qadar erishgan yutuqlarida otasining alohida o‘rni borligini ta’kidladi.

 -Qizim Diyora Keldiyorovaga juda havas qiladi. Uning shaxmatga bo‘lgan iqtidorini ruyobga chiqarayotgan ustozlariga alohida minnatdorchilik bildiraman,- deydi Mubinaning dadasi. Mubina finalga qadar o‘tkazilgan 6 ta o‘yindan 5 tasida g‘alaba qozondi.

 Albatta, biz ham yosh shaxmatchiga kelgusida ulkan zafarlar tilab qolamiz.

Teglar
- -