insurez
19-04-2024 14:45

"Yosh qutqaruvchi-2024" musobaqasining viloyat bosqichi g‘oliblari aniqlandi


Viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yongʻin-qutqaruv qismi sport oʻyingohida “Yosh qutqaruvchi” koʻngillilar klubi jamoalari oʻrtasida sport musobaqasining viloyat bosqichi oʻtkazildi. 

Unda viloyatdagi umumtaʼlim maktablaridan 16 ta jamoa fuqaro muhofazasi va hayot xavfsizligi asoslari boʻyicha savol-javob, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish, shartli daryodan arqon yordamida oʻtish, arqon yordamida balandlikka koʻtarilish, yongʻinni oʻchirish estafetasi singari shartlar boʻyicha bellashdi.

Bahslar yakuniga ko‘ra, Samarqand shahridagi 51-umumta'lim maktabining "Yosh qutqaruvchi" jamoasi faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, musobaqaning respublika bosqichiga yo‘llanmaga ega bo'ldi. 2-o'rinni Toyloq tumani 17-umumta'lim maktabining "Qalqon" jamoasi, 3-o'rinni Kattaqo'rg'on shahridagi 2-son IDUMning "Jaloliddin Manguberdi" jamoasi egalladi.

Teglar
- -