Yo‘l-transport hodisalarining kelib chiqish sabablari tahlil qilindi
Tahlillarga ko‘ra sodir bo‘layotgan transport hodisalari aholi va haydovchilarning yo‘l qoidalarini yaxshi bilmasliklari yoki bila turib unga amal qilmasliklari oqibatida yuzaga kelmoqda. Shahar hokimi Gavhar Alimova, mutasaddi rabarlar va ota-onalar ishtirokida 17-IDUM da o‘tkazilgan yig‘ilish ushbu masalaga bag‘ishlandi. Unda so‘z olgan shahar hokimi aholi va o‘quvchilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida svetafor, sun’iy notekisliklar o‘rnatilganiga qaramay yo‘l transport hodisalarining sodir etilayotganligi, bunda barcha birdek mas’uliyatli bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.
Shuningdek, mas’ullar tomonidan doimiy ravishda yoshlarga yo‘llarda harakatlanishda yo‘l qoidalari haqida tushuntirishlar berib borishlari haqida so‘z yuritildi.
Suhbat davomida kelgusida bu kabi hodisalarning oldini olish bo‘yicha xavfsizlik choralari va targ‘ibot tadbirlarini yanada ko‘paytirish yuzasidan zaruriy vazifalar belgilab olindi.