insurez
04-11-2025 16:17

"Yettilik” aʼzolarining hisoboti eshitildi


Kuni kecha shahrimizdagi "Ko’hnadam" mahallasida yettilik aʼzolarining kengash oldida navbatdagi hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi. Mazkur yig‘ilishda shahar hokimi Gavhar Alimova, ushbu mahalla kengashi aʼzolari va tegishli mas'ullar ishtirok etishdi.

Yettilik aʼzolari o‘z hisobotlarida mahallani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, xotin-qizlar va yoshlar bilan ishlash, jinoyatchilik profilaktikasi bo'yicha hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan olib borilgan ishlari yuzasidan maʼlumot berishdi.

Shuningdek, shahar hokimi tomonidan mahalla fuqarolarining murojaatlari o'rganilib, mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi. 

Yig'ilishda shahar hokimi G.Alimova shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar hamda aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo’yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar haqida to‘xtaldi. 


 

Teglar
- -