Yettilik” aʼzolari hisoboti eshitildi
Kuni kecha shahrimizdagi "G'arb machit" mahallasida yettilik aʼzolarining kengash oldidagi hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi. Mazkur yig‘ilishda shahar hokimi Gavhar Alimova, ushbu mahalla kengashi aʼzolari va tegishli mas'ullar ishtirok etishdi.
Yettilik aʼzolari o‘z hisobotlarida mahallani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, xotin-qizlar va yoshlar bilan ishlash, jinoyatchilik profilaktikasi bo'yicha hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan olib borilgan ishlari yuzasidan maʼlumot berishdi.
Yig'ilishda shahar hokimi G.Alimova shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlarning bugungi natijalari hamda yaqinda Kattaqo‘rg‘on shahri hududini kengaytirish bo’yicha Oliy Majlisning yuqori va quyi palatalari tomonidan qabul qilingan qarorlarning ahamiyati haqida to‘xtaldi.