Yettilik” aʼzolari hisoboti eshitildi
Kattaqo'rg'on shahar "Qo’shxovuz" mahallasida yettilik aʼzolarining kengash oldidagi hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi. Mazkur yig‘ilishda shahar hokimi Gavhar Alimova, ushbu mahalla kengashi aʼzolari va tegishli mas'ullar ishtirok etishdi.
Yettilik aʼzolari o‘z hisobotlarida mahallani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, xotin-qizlar va yoshlar bilan ishlash, jinoyatchilik profilaktikasi bo'yicha hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan olib borilgan ishlari yuzasidan maʼlumot berishdi.
Shuningdek, yig'ilishda shahar hokimi G.Alimova Vazirlar Mahkamasining joriy yil 16 sentabrdagi 589-son qarori mazmuni hamda to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni o‘tkazilishini tartibga solish, isrofgarchilikga yo'l qo'ymaslik, milliy qadriyatlarimizga yot bo‘lgan turli ortiqcha urf-odatlarga chek qo‘yishning muhimligi xususida to‘xtaldi.




