insurez
15-09-2025 17:57

Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish bo‘yicha xatlov davom etmoqda.


Kattaqo‘rg‘on shahrida yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash bo‘yicha ishchi guruh tomonidan joriy yil 2–15 sentabr kunlari o‘tkazilgan xatlov jarayonida quyidagi natijalar qayd etildi:

Jismoniy shaxslarga tegishli noturar obyektlardan ijara shartnomasi tuzmasdan foydalanilgan 26 ta holat aniqlanib, ijara shartnomalari rasmiylashtirildi.

20 nafar fuqaro hujjatsiz tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgani aniqlanib, yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatga olindi.

Faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan 19 nafar yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyati qonuniylashtirildi.

5 nafar tadbirkor haqiqiy tovar aylanmasidan kam soliq to‘lab kelayotgani aniqlanib, aylanmadan olinadigan soliqning qat’iy belgilangan stavkasida to‘lov rejimiga o‘tkazildi.

Teglar
- -