insurez
07-12-2024 18:58

Yashil makon umummilliy loyihasi amalda


Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan atrof muhitni ko‘kalamzorlashtirish borasidagi xayrli ishlarni barcha davlat idoralari vakillari qatorida Kattaqo‘rg‘on shahar prokuraturasi xodimlari tomonidan ham yashil hududlarni barpo qilish ishlari olib borilmoqda.

Xususan, shahar prokuraturasi tashabbusi bilan Ingichka qo‘rg‘onining Islom Shoir mahallasi hududidan 10 gektar bo‘sh yer maydonida tegishli agrotexnika ishlari olib borilib, iqlimga mos yashil buta ko‘chatlari ekishga tayyorlangan edi. 

Bugun esa ushbu yer maydoniga "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida shahar prokuraturasi, mutasaddi tashkilotlar xodimlari, shahar Obodonlashtirish boshqarmasi va Ingichka fuqarolari tomonidan yaxshi niyat bilan 12 ming tup saksovul ko‘chatlari ekildi.

Bunday tadbirlarni tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, atrof-muhitni, ekologiyani asrab avaylash, hududlarni ko‘rkam ko‘rinishga keltirishdan iboratdir.


 

Teglar
- -