Yashil makon
Shu kunlarda yurtimizdagi singari Kattaqo’rg’on shahrida ham kuzgi daraxt ko’chatlari ekish ishlari amalga oshirilmoqda.
Xususan, bugun “Yashil makon” umumilliy loyihasi doirasida shahar Prokuraturasi va Obodonlashtirish boshqarmasi hamkorlikda Ingichka qo‘rg‘oni Islom Shoir mahallasi hududidan ajratilgan 1 gektar yer maydoniga 1000 tup qayrag‘och daraxti o‘tqazildi.
Daraxt ekish tadbirida shahar Prokurori Ismoil Nuriddinov boshchiligida shahar prokuraturasi xodimlari ishtirok etishdi.
Kuzgi daraxt ekish ishlari davom etmoqda.