insurez
17-12-2025 18:32

Yangi yil archasi o‘rnatiladigan hududlarda transport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi


Kattaqo’rg’on shahrida Yangi yil bayrami tadbirlarini yuqori saviyada o‘tkazish va bayram tadbiri o‘tkaziladigan hududlarda jamoat xavfsizligini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 20-dekabridan 2026-yilning 5-yanvariga qadar markaziy Yangi yil archasi o‘rnatilgan hudud atrofida transport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi:

– Shifokor ko‘chasini “O‘ztelekom” AJ oldidan o‘tgan qismgacha, 

– Xolis ko‘chasini shahar hokimligi yonida joylashgan avtoturargoh oldidan o‘tgan qismgacha beton to‘siqlar bilan yopilishi;

–31-dekabr kuni bayram tadbiri o‘tkaziladigan hududda Amir Temur va Miyonkol ko‘chalari kesishgan chorrahadan - Amir Temur va Xiyobon ko‘chalari kesishgan qismgacha yopilib, transport harakatlari vaqtincha cheklanishi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, ushbu hududlarda zaruratga ko‘ra, bayram tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish va tashkiliy masalalar bilan bog‘liq vaqtincha muhofaza zonalari tashkil etilishi belgilangan bo‘lib, aytilgan vaqtdan oldin ham transport vositalari harakati vaqti-vaqti bilan cheklab boriladi.

Kattaqo’rg’on shahar hokimligi axborot xizmati

Teglar
- -