YANGI SPORT ZAL FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilar bilan sport-sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlarini o‘tkazishda sport zalining bo‘lishi juda muhim. Zero, bolajonlarni jismonan sog‘lom bo‘lishlari uchun sport bilan shug‘ullanishlariga alohida e’tibor qaratilgan.
Bugun 16-maktabgacha ta’lim tashkilotida yangi barpo etilgan sport zalini ochilish tadbirida shahar hokimi Gavhar Alimova, ta’lim sohasi, jamoatchilik vakillari hamda tarbiyalanuvchilarning ota-onalari ishtirok etdi. Tadbirda so‘zga chiqqan shahar hokimi ta’lim muassasalarida bu kabi qulayliklar yaratilishi mamlakatimizda ta’limga, yosh avlodni yetuk insonlar bo‘lib yetishishiga berilayotgan alohida e’tibor natijasi ekanligini ta’kidladi.
Ta’lim muassasasi 360 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, barcha shart-sharoitlar yaratilgan."Tashabbusli byudjet" loyihasi doirasida 379.8 mln. so‘m mablag‘ hisobidan barpo etilgan mazkur sport zali barcha qulayliklarga ega.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati