insurez
04-09-2024 16:14

Yangi oʻquv yili vatanparvarlik ruhi bilan boshlandi


Bugun mamlakatimizning barcha taʼlim muassasalarida boʻlgani kabi Kattaqo'rg'on shahrida joylashgan maktablarda ham "Bir boʻlsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!" shiori ostida “Birinchi qoʻngʻiroq” ovozi jarangladi.

Kattaqo'rg'on shahar 17-son Iqtisoslashtirilgan Davlat umumta'lim maktabida oʻtkazilgan tadbir harbiy orkestr sadolari ostida Davlatimiz madhiyasi bilan boshlandi. Shundang soʻng, taʼlim maskaniga ilk qadamini qoʻygan birinchi sinf oʻquvchilariga oʻquv qurollaridan iborat “Prezident sovgʻasi” topshirildi.

Yangi 2024-2025- o'quv yili “Birinchi qoʻngʻiroq” jarangi ostida “Mustaqillik darslari” bilan boshlandi. 

Teglar
- -