insurez
25-09-2025 15:04

YANGI FUTBOL MAYDONI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI


Yoshlarni maʼnan yetuk, jismonan sog‘lom bo‘lib kamol topishlarida sportning o‘rni beqiyos. 
Bugun shahar Sport maktabida “Tashabbusli byudjet” asosida barpo etilgan Mini futbol maydonining foydalanishga topshirilishi ham bu boradagi saʼy-harakatlarning natijasidir. Ochilish tadbirida shahar hokimi Gavhar Alimova, viloyat sport boshqarmasi vakillari, sport maktabi o‘quvchilari, nuroniylar ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar yoshlarni muborakbod etib, ularni kelgusida sport bilan shug‘ullanishlari uchun katta imkoniyat ekanligini taʼkidladilar. Shahrimizdagi sportchi yoshlarning erishgan yutuqlarini eʼtirof etdilar.

Yoshlarni sport borasidagi yutuqlarida munosib hissa qo‘shgan sport murabbiylariga shahar hokimligining tashakkurnomasi va sovg‘alari taqdim etildi.

Shuningdek, sport bo‘yicha o‘tkazilayotgan musobaqalarda faol ishtirok etib kelayotgan nuroniylarga ham diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Teglar
- -