insurez
06-05-2025 14:09

Xotira abadiy, qadr muqaddas...


Yurtimizda 9 may — “Xotira va qadrlash kuni” keng nishonlanadi. Sana munosabati bilan xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar xotirasini yod etish, faxriylarga hurmat ko‘rsatish an’anaga aylangan. Shu kunlari keksalar holidan xabar olish, ko‘ngil so‘rash xalqimizga xos ezgu fazilatlardan biridir.

Shu munosabat bilan, Kattaqo‘rg‘on shahar 7-son YoXX harbiy qism xodimlari favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish chog‘ida halok bo‘lgan soha vakillarining xonadonida bo‘lishdi, qabrlari ziyorat qilindi. Marhum xodimning oilasi davrasida uning xizmat yillari yodga olindi.

Xotira abadiy, qadr muqaddas. O’tganlar qalblarimizda abadiy yashaydi. Vatan ularning fidoyiligi va jasoratini eʼzozlaydi, yuksak qadrlaydi.

Teglar
- -