Xotira abadiy
O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining reja-grafigi ijrosini ta'minlash maqsadida Kattaqo‘rg‘on davlat Pedagogika instituti mas'ullari 1-bosqich talabalari bialn birga Samarqand shahriga sayohat tashkil qilishdi. Dastlab, talabalar buyuk sarkarda Amir Temur hayotiga oid maʼlumotlar bilan tanishdilar.
Shundan so‘ng talabalar Samarqand viloyati “Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyi”ga tashrif buyurishdi.
Muzey xodimlari talabalarga qatag‘on davri tarixi, o‘sha davrda qurbon bo‘lgan vatandoshlarimizning hayoti va faoliyati haqida tarixiy ma’lumotlarni batafsil tushuntirib berishdi.
Uchrashuv davomida “Mustaqillik va ilm-ma’rifat yo‘lida jon fido qilgan ajdodlarimizni bilmasdan turib, bugungi hayotimizning qadriga yetish mushkul”, degan ezgu g‘oya ta'kidlandi.
“Muzeylarga tashrif haftaligi” doirasida bu kabi ma’naviy-ma’rifiy ekskursiyalar davom ettirilmoqda.
Kattaqo‘rg‘on davlat Pedagogika instituti Matbuot xizmati.