insurez
07-05-2025 10:23

XOTIN-QIZLARGA SERTIFIKATLAR BERILDI


Kattaqo‘rg‘on shahar “Sabr” Respublika ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish markazida qisqa muddatli o‘quv kurslarini ikkinchi bosqichi yakunlandi.
Shu munosabat bilan markazda o‘tkazilgan tadbirda "Sabr" Respublika Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish markazida Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi hukumati tashqi ishlar, Hamdo‘stlik ishlari va rivojlanish vazirligi (FCDO) tomonidan moliyalashtirilgan “Inklyuziv ufqlar: hamma uchun ta’lim va tadbirkorlik” loyihasi doirasida tashkil etilgan 128 soatli  o‘quv kurslarda hamda 28 soatli biznes treninglarni muvaffaqiyatli tamomlab, tadbirkorlik bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan 48 nafar bitiruvchilarga sertifikatlar va 8 nafar grant g‘oliblariga tadbirkorligini boshlashi uchun asbob-uskunalar topshirildi. 

Tadbirda loyiha hamkorlari "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi, Oila va xotin-qizlar shahar bo‘limi vakillari ishtirok etdilar.

Teglar
- -