insurez
25-08-2025 10:53

XOTIN-QIZLAR ZAKOVATDA BELLASHDILAR


Shahar Oila va xotin-qizlar bo'limi tomonidan 2-IDUM da O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yillgi munosabati bilan “Vatan uchun, millat uchun, halq uchun” shiori ostida tashkilot va muassasalarda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar, uy bekalari, oqila ayollar, mahalla xotin-qizlar faollari, otinoyilar, maktab va maktabgacha ta'lim hamda tibbiyot xodimlari o‘rtasida “ZAKOVAT” intellektual o‘yini o‘tkazildi. 

Tadbirni shahar hokimi Gavhar Alimova ochib berdi va barcha ishtirokchilarga omad tiladi.

Ushbu tadbirda ishtirok etgan xotin-qizlar har biri olti kishidan iborat 11 ta guruhda o’zaro bahslashib, zakovati, bilim darajasini va bor mahoratlarini ifoda etishdi.

O‘yin davomida jamoalar berilgan savollarga tezkorlikda javob berdilar va e’tirof etildilar. G‘olib jamoalarga Tashakkurnoma va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi. 


​​​​​​

Teglar
- -