insurez
24-12-2024 16:12

Xotin-qizlar yo‘nalishidagi ishlarning yil sarhisobi qilindi


Joriy yil davomida kattaqo‘rg‘onlik xotin-qizlarni qo‘llab -quvvatlash borasida tizimli ishlar amalga oshirildi. Yil yakuni bilan o‘tgan yig‘ilishda Oila va  xotin-qizlar bo‘limi tomonidan olib borilgan ishlar sarhisob qilindi.
Yig‘ilishda hamkor tashkilotlar ishtirokidagi ishlar, vazifalar hamda ularning ijrosi yuzasidan  ma’lumotlar o‘qib eshittirildi. Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tahlil qilinib, kelgusida ish samaradorligini yanada oshirish yuzasidan fikrlar bildirildi.
Shuningdek, 2025-yilda xotin-qizlar faollari oldidagi vazifalar, erta nikoh, oilaviy ajrimlarning oldini olish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish, oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaxshilash borasidagi vazifalar xususida so‘z yuritildi.
Yakunda yil davomida  faoliyat yuritgan tashkilotlar hamda faol mehnat qilgan xotin-qizlar faollari tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi.


Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -