XOTIN-QIZLAR VOLEYBOLDA BELLASHDILAR
Kasaba uyushmalarining 120 yilligi hamda 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan shahar tashkilotlari xotin-qizlari o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.
Musobaqada turli sohalarda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar faol ishtirok etib, o‘zlarining sportdagi mahoratlarini namoyish etdilar.
O‘yin yakuniga ko‘ra shahar Tibbiyot birlashmasi xotin-qizlar jamoasi g‘olib bo‘ldi va viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
Musobaqa ishtirokchilari va g‘oliblarga esdalik sovg‘alari taqdim etildi.