XOTIN - QIZLAR UCHUN IMKONIYATLAR
Mamlakatimizda aholini, xususan xotin-qizlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil qilingan “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” koʻplab xotin-qizlarni turmush sharoitlarini yaxshilashda imkoniyat bo'lmoqda.
Bugun ana shu imkoniyatlar kattaqo'rg'onlik xotin-qizlarga ham taqdim etildi. Ya'ni, “Ayollar daftari” 6-bosqich 1- toifasiga kiritilgan xotin-qizlarning 13 nafariga ko'p funksiyali tikuv mashinalari va 40 nafariga pishiriq pechlari taqdim etildi.
Tadbirda ishtirok etgan respublika ishchi guruhi a’zolari va mas’ul rahbarlar ushbu xotin-qizlarga bu bеrilayotgan imkoniyatlar yurtimizda ayollarni qo'llab-quvvatlash yo'lidagi islohotlarning natijasi ekanligini va oʻz navbatida ayollar ham bundan unumli foydalanishlari lozimligini taʼkidlashdi.
Xotin-qizlar ham bu kabi e'tibor va ko'mak uchun va ularni qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ushbu saʼy-harakatlardan mamnunliklarini bildirdilar.