XOTIN - QIZLAR UCHUN IMKONIYATLAR
Bugun xotin-qizlar uchun ulkan imkoniyatlar yaratilmoqda. Ayniqsa, “Ayollar daftari” dan ko'rsatilayotgan ko'mak orqali ko'plab ijtimoiy ko'makka muhtoj bo'lgan ayollarni hayotda o'z o'rinlarini topishlarida ulkan imkoniyatlar yaratilmoqda.
Bugun ana shu imkoniyatlar kattaqo'rg'onlik xotin-qizlarga ham taqdim etildi. Ya'ni, “Ayollar daftari” 1- toifasidagi xotin-qizlarning 30 nafariga ko'p funksiyali tikuv mashinalari taqdim etildi. Shahar hokimi Gavhar Alimova ushbu xotin-qizlarga bu bеrilayotgan imkoniyatlar yurtimizda ayollarni qo'llab-quvvatlash yo'lidagi islohotlarning natijasi ekanligini ta'kidladi.
O'z navbatida xotin-qizlar ham bu kabi e'tibor va ko'mak uchun o'z minnatdorchiliklarini bildirdilar.
Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.