XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGINI QO‘LLAB-QUVVATLASH YO‘LIDA
Mamlakatimizda tadbirkorlik qilish istagidagi ayollarga ko‘maklashish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. Bu borada Davlatimiz rahari tomonidan qabul qilingan “Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 103 sonli qarorda muhim vazifalar belgilab berildi.
Bugun shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi, Adliya va Savdo sanoat palatasi tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilishda ushbu qarorning mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Jumladan, so‘zga chiqqanlar «Hamroh» tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasida ajratiladigan kreditlar, “Hamkor tadbirkor” dasturlari, “Biznesga ilk qadam” yo‘nalishi bo‘yicha shuningdek, xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash va kasb-hunarga o‘qitish borasidagi ishlar haqida so‘z yuritdilar.
Xotin-qizlar bu borada o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.