XOTIN-QIZLAR SPORTDA BELLASHDILAR
Xotin-qizlarni sog‘lom bo‘lishlarida sportning ahamiyati katta. Shu boisdan ham bugun xotin-qizlar sportiga alohida e’tibor qaratilgan. Bu borada ko‘plab sport musobaqalariing o‘tkazib kelinayotgani fikrimizning isbotidir.
Shu maqsadda shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan tashkil qilingan sport musobaqasida kattaqo‘rg‘onlik xotin-qizlar faol ishtirok etdilar. Jumladan, 2-umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan tadbirlar davomida ta’lim sohasi, turli tashkilotlar, mahallalarda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar, “Oqila ayollar harakati” a’zolari shaxmat, shashka, gimnastika sport o‘yinlari bo‘yicha bellashdilar.
Qiziqarli tarzda o‘tkazilgan sport musobaqasida g‘olib bo‘lgan xotin-qizlar taqdirlandi. -Bu kabi sport o‘yinlari, musobaqalarini doimiy ravishda tashkil qilib boramiz, -deydi Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Sh.Kuchkarova. Zero, sport xotin-qizlarni sog‘lomlashtirish ishlarida muhim o‘rin egallaydi.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.