insurez
07-10-2025 16:10

Xotin-qizlar kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi


Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida Xotin-qizlar kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda talaba-qizlarning faolligini oshirish, ularning liderlik salohiyatini rivojlantirish maqsadida “Lider qizlar” klubi tashkil etildi.
Klubning ish rejasi tasdiqlandi, rahbariyat tarkibi shakllantirilib, kotib saylandi.
Shuningdek, 11-oktabr – Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan o‘tkaziladigan bayram tadbirlari yuzasidan kelishuvlar amalga oshirildi.
Mazkur tashabbuslar talaba-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish va ularni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Teglar
- -