XODIMGA QACHON ISH BERUVCHI TOMONIDAN KOMPENSATSIYA TO‘LOVLARI TO‘LAB BERILADI
Mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan hollarda xodimlar tomonidan mehnat majburiyatlarining yoki boshqa majburiyatlarning bajarilishi bilan bog‘liq xarajatlarning o‘rnini qoplash maqsadida belgilangan pul to‘lovlari kompensatsiya to‘lovlaridir.
Ish beruvchi quyidagi hollarda xodimga uning o‘z mehnat majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq xarajatlarni kompensatsiya qilishi shart:
- Xizmat safarlari chog‘idagi kompensatsiya to‘lovlari.
- Ish sayyor va ko‘chib yurish xususiyatiga ega bo‘lganda, shuningdek dala sharoitlarida va vaxta usulida ishlanganda kompensatsiya to‘lovlari.
- Xodim boshqa joydagi ishga ko‘chib o‘tayotganda kompensatsiya to‘lovlari.
- Ish beruvchining yo‘llanmasi bo‘yicha kasbiy tayyorgarlik, qayta tayyorlash, malaka oshirish va stajirovkadan o‘tishda xodimlar uchun kompensatsiya to‘lovlari.
- Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi natijasida xodimda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik yuz bergan taqdirda xarajatlarni kompensatsiya qilish.
Kattaqo’rg’on shahar adliya bo’limi
Yuridik xizmat ko’rsatish markazi
bosh yuristkonsulti Feruz Norbekov




