insurez
18-09-2024 11:14

Xitoylik investorlar ishtirokida Biznes forum o‘tkazildi


Yaqinda shahar hokimi Gavhar Alimova boshchiligida kattaqo‘rg‘onlik bir guruh tadbirkorlar delegatsiyaning Xitoy davlatiga tashrifi davomida bir qator loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha memorandumlar imzolangandi. Hamkorlik shartnomasiga ko‘ra xitoylik investorlarning Kattaqo‘rg‘on shahriga tashrifi va loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan edi. 

Bugun Kattaqo‘rg‘on shahriga Xitoy davlatining Xenan provinsiyasidan 60 nafar investorlar tashrif buyurishdi. Mehmonlar SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida shahar hokimligi va mas’ul tashkilotlar vakillari tomonidan kutib olindi.

Shundan so‘ng O‘zbekiston -Xitoy Kattaqo‘rg‘on biznes forumi o‘tkazildi. Dastlab, shahar hokimi Gavhar Alimova forum

ishtirokchilariga Kattaqo‘rg‘on shahri, uning ijtimoiy- iqtisodiy salohiyati haqida ma’lumot berdi. Forum doirasida xitoylik investorlar o‘zlarining loyihalari bo‘yicha taqdimotlarini namoyish etdilar.

Teglar
- -