insurez
28-03-2025 11:56

XAYRIYA AKSIYASI O‘TKAZILDI


 Ramazon oyida yurtdoshlarimiz tomonidan ko‘plab xayr-saxovat tadbirlari amalga oshirilmoqda. Bugun shahar hokimligi tomonidan tashkil qilingan xayriya aksiyasi ham ushbu ezgu amallarning davomi bo‘ldi. 

Shahrimizdagi tashkilotlar, mahallalar, mehnat jamoalari, saxovatpesha tadbirkorlar, keng jamoatchilik vakillari mazkur xayrli tadbirda faol ishtirok etdilar. Shahar hokimi Gavhar Alimova so‘z olib, bu kabi xayrli ishlar xalqimizga xos bo‘lgan qadriyatlar bo‘lib, ushbu Muborak oyda amalga oshirilayotgani katta savob ekanligini ta’kidladi. 

Bugun hamshaharlarimiz tomonidan qilingan saxovatpeshalik ko‘plab ijtimoiy ko‘makka muhtoj bo‘lgan insonlar, imkoniyati cheklangan fuqarolar, o‘ksik ko‘ngillarni shod qilishi shubhasiz.

Tadbir ishtirokchilari yurtimizning tinchligi va osoyishtaligini, shuningdek, mana shunday xayrli ishlarimizning bardavom bo‘lishini tilab duoga qo‘l ochdilar.


Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati

Teglar
- -