insurez
03-12-2024 18:51

XAYR-SAXOVATLI XALQMIZ


Bugun shahrimizda 3-dekabr - Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan bayram tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirlar doirasida imkoniyati cheklangan fuqarolarga mehr-muruvvat ko‘rsatildi. Shuningdek, bugungi xayrli tadbirlarda tashkilot va muassasalar rahbarlari, mahalla yettiligi ham faol qatnashdilar. Ular aholi xonadonlarida bo‘lib, ularning ahvolidan xabar oldilar. Sovg‘a-salomlar ulashdilar.

Xususan, shahar hokimining tashrifidan mamnun bo‘lgan “G‘arb Machit” mahallasida yashovchi 90 yoshli Aleksandra Kulagina e’tibor va g‘amxo‘rlikdan mamnun bo‘ldi va samimiy minnatdorchiligini bildirdi.

Xuddi shuningdek, fuqarolar ko‘rsatilgan g‘amxo‘rlikdan, doimiy e’tibordan dillari shod bo‘lganligini bildirdilar va yurtimizni tinchligini, bu kabi xayr-saxovat amallarini bardavom bo‘lishini so‘rab duo qildilar.   

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -