XATLOV JARAYONLARI - JADAL RAVISHDA DAVOM ETMOQDA
Avval xabar berganimizdek, O'zbekiston Respublikasining O'RQ-937-sonli Qonuni asosida 2024-yilning 8-noyabr kunidan boshlab yurtimiz bo'ylab xatlov ishlari amalga oshirilmoqda.
Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlangan asosida Kattaqo'rg'on shahrining "Chordara" mahallasida xatlovlar ishlari olib borilmoqda.
Xatlov jarayonlarida to‘plangan ma’lumotlar “E’tirof” AAT tizimiga kiritib boriladi va bu tizimda 10 dan ortiq vakolatli tashkilotlardan tarkib topgan Komissiya a’zolari tomonidan xulosa beriladi.
Ma’lumot uchun yurtdoshlarimiz o‘z mahallalarida qachon xatlov o‘tkazilishini Kadastr.uz saytidan ham bilib olishlari mumkin.