Xamsachilik - milliylik va millat ko‘zgusi
Buyuk mutafakkir, shoir Mir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan shahar Kattaqo‘rg‘on shahar umumta’lim maktablarining 9-10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida "Xamsachilik -milliylik va millat ko‘zgusi" nomli tanlovi o‘tkazildi. Tanlovda shahar prokurori I.Nuriddinov, shahar hokim o‘rinbosari J.Ganiev ishtirok etishdi.
Mazkur tanlovda ishtirokchi o‘quvchi yigit va qizlar milliy g‘ururimiz bo‘lgan o‘zbek milliy liboslarida ishtirok etishdi.
Shahar hokimligi, shahar Prokuraturasi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamkorligida tashkil etilgan ushbu tanlov 5 ta shartdan iborat bo‘lib, kuni kecha 14 umumta’lim maktabida o‘tkazilgan bosqichida 120 nafar o‘quvchilar tanlovning “Viktorina”, “Asar qaxramonini aniqlang”, “Rasmlarda tasvirlayman” nomli shartlari bo‘yicha o‘z iste’dodlarini namoyish etishdi.
Bugun shahar drama teatrida ushbu tanlovning yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.