XALQARO VEBINAR TASHKIL QILINDI
SamDU Kattaqo'rg'on filiali tashabbusi bilan Xorijiy tillar kafedrasi oyligi doirasida "Til, adabiyot va XXI asr o‘quvchisi: o‘qitish va tadqiqotga innovatsion yondashuvlar" mavzusida xalqaro vebinar tashkil qilindi.
Ushbu vebinarda Samarqand davlat universitetining Kattaqo‘rg‘on filiali, Xorijiy tillar kafedrasi, O‘zbekiston milliy universiteti, S. Yesenin nomidagi Ryazan davlat universiteti (Rossiya Federatsiyasi) va Chungbuk Milliy universiteti (Janubiy Koreya) professor-o'qituvchilari hamda ilmiy tadqiqotchilar, talabalar ishtirok etdi.
Vebinar til va adabiyotni o'rgatishda innovatsion yondashuvlarni o'rganish, pedagog, talaba yoki mustaqil tadqiqotchilarning zamonaviy ta'lim amaliyotlari va tadqiqotlar haqida qimmatli bilimlarga ega bo'lishida muhim ahamiyat kasm etdi.