Xalqaro tashkilot hamkorligida seminar-trening o‘tkazilmoqda
Bugun Kattaqo‘rg‘on shahar 2-IDUMda yangi o‘quv yili oldidan Singapurning “MARSHALL CAVENDISH EDUCATION” tashkiloti bilan hamkorlikda “Muvaffaqiyatli islohotlar - yuqori natijalar” mavzusidagi anjumanning mantiqiy davomi sifatida seminar-trening jarayonining ochilish marosimi o‘tkazildi. Unda shahar hokim o‘rinbosari J.G‘aniev, mas’ul rahbarlar va pedagoglar ishtirok etishdi.
Shahrimizdan jami 7 nafar trenerlar Samarqand shahrida Singapur tajribasi asosida tashkil etilgan o‘quv-seminarda ishtirok etib kelishgan edi. Endi ushbu trenerlar tomonidan 21-24-avgust kunlari umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilarini xalqaro tajriba asosida kasbiy rivojlantirish maqsadida seminar tashkil etilimoqda.
Mazkur seminarda jami 54 nafar (18 nafar direktorlar, 18 nafar aniq fanlar va 18 nafar tabiiy fanlar o‘qituvchilari) pedagoglarning xalqaro ta’lim dasturlari asosida malakasini oshirish rejalashtirilgan.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.