insurez
28-10-2025 11:11

Xalqaro moliya intitutlari vakillari Kattaqo‘rg‘onda bo‘lishdi


Ma’lumki, Kattaqo‘rg‘on shahrida Jahon banki va Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida ichimlik suvi ta’minotini hamda oqava suv tarmog'ini takomillashtirish bo‘yicha katta hajmdagi loyiha amalga oshirilmoqda. 

Bugun xalqaro moliya intitutlari vakillari va ekspertlar “O‘zsuvta’minot” A.J. va “Samarqand Suv ta’minoti” MChJ rahbariyati hamrohligida "Murtak", "Ko‘rpa" suv inshootlari, "Boynazar" oqova suv tozalash inshooti hamda Kattaqo‘rg‘on shahridagi suv inshootlarida olib borilayotgan rekonstruksiya, qurilish- montaj ishlari bilan tanishishdi. 

Amalga oshirilayotgan qurilish ishlari borasida mutaxassislar o‘zaro fikr almashishdi.

Mazkur ishlar, albatta, mutasaddi tashkilot vakillari va jamoatchilik tomonidan ham nazorat qilinib borilishi bildirildi. 

Teglar
- -