insurez
04-11-2025 15:14

Xalqaro anjuman doirasida tadbirlar davom etmoqda


YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida Samarqand shahridagi tadbirlar davom etmoqda.

Jumladan, ayni damda YUNESKO va Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan Samarqanddagi Xalqaro kongress markazida  “Gender tengligini ko‘p tomonlama hamkorlik orqali rivojlantirish” mavzusidagi tadbir bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbirda Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi Gavhar Alimova hamda hokim o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Shahlo Kuchkarova ishtirok etmoqda.

YUNESKO bosh direktori  Odri Ozule:
- “Gender tenglik sinfxonalardan boshlanadi”. Maktab taʼlimidan tortib oliy taʼlimgacha gender tenglik bo‘lishi kerak. Gender tenglik masalasiga maktab partasidanoq ahamiyat berish lozim.

Teglar
- -