insurez
19-09-2024 18:19

SHAHAR KENGASHINING SESSIYASI O‘TKAZILDI


Bugun Xalq deputatlari shahar Kengashining navbatdagi 97-sessiyasi o‘tkazildi. Unda shahar hokimi o‘rinbosarlari, deputatlar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.


Dastlab, kun tartibidagi masala bo‘yicha 2-sektor rahbari, shahar prokurori Ismoil Nuriddinovning hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha 2024-yilning o‘tgan davri davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti eshitildi.


Shundan so‘ng 2024-yilning II-choragi davomida shahardagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati hamda huquqni qo‘llash amaliyotining holati to‘g‘risida shahar adliya bo‘limi boshlig‘i Toir Abdurashidov axborot berdi. 


Navbatdagi masala bo‘yicha deputatlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 4 apreldagi “Mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish hamda xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-59-sonli Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi to‘g‘risida shahar kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i Abdurahmon Alimovning  hisobotini tingladilar.


Shuningdek, sessiyada shahar Iqtisod va moliya bo‘limi boshlig‘i v.v.b Otabek Qodirovning 2024-yilda 2-yarim yillikda “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” da shakllangan  mablag‘larni  jamoatchilik fikri asosida yo‘naltirish to‘g‘risidagi hisoboti deputatlar e’tiboriga havola qilindi.


Shuning bilan sessiya o‘z ishini yakunladi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -