Viloyat hokimi o‘rinbosari Kattaqo‘rg‘on shahrida bo‘ldi
Bugun Ingichka qo‘rg‘onida sayyor qabul o‘tkazgan viloyat hokimining o‘rinbosari Akmal Shukurov ushbu hududdagi 12 maktabning yangi barpo etilgan va eski o‘quv binolarini ko‘zdan kechirdi.
Shuningdek, Kattaqo‘rg‘on shahrida ham bo‘lgan viloyat hokimi o‘rinbosari shahar hokimi Gavhar Alimova hamrohligida shahrimizdagi Amir Temur ko‘chasida barpo etilayotgan ko‘p qavatli uy-joylarning qurilish jarayonlari bilan tanishdi.
Bu borada o‘zining tavsiyalarini berdi.
Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.