insurez
14-02-2025 18:14

“VETERAN” JANGCHI-FAXRIYLARI UCHUN BAYRAM DASTURXONI YOZILDI


“VETERAN” jangchi-faxriylari va nogironlari birlashmasi tashkil etilganining 31 yilligi hamda Afg‘onistondan harbiy qismlar olib chiqilganligining 36 yilligiga bag‘ishlab bayram dasturxoni yozildi.

Birlashmaning shahar bo‘limi a’zolari uchun tashkil qilingan mazkur tadbirda ular bugungi kundagi tinchlik va osudalik uchun shukrona keltirdilar va halok bo‘lgan hamshaharlarimizning xotiralarini yodga oldilar. 

Shuningdek, so‘zga chiqqanlar,   O‘zbekiston “VETERAN” jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasining  bugungi kunda jangchi-faxriylar, urush nogironlari, halok bo‘lgan jangchilarning oila a’zolarini ijtimoiy  himoyalash, sog‘lig‘ini tiklash, ish bilan ta’minlash hamda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasidagi Davlat dasturlari ijrosini ta’minlashda faol ishtirok etib kelayotganligi haqida  so‘z yuritdilar.
Tadbirga  kuy va qo‘shiqlar ko‘tarinkilik bag‘ishladi. 

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -