insurez
17-10-2025 19:41

VAZIRLAR MAHKAMASI ISHCHI GURUHI INGICHKADA BO’LDI


Vazirlar Mahkamasining  “Ishchi guruh”i vakili Suyarjon Kurbankulov boshchiligidagi masʼullar shahar hokimi Gavhar Alimova hamrohligida Ingichka shaharchasiga tashrif buyurdi. Dastlab, shaharchadagi mahalla yettiligi bilan uchrashdilar. 

Hududda yettilik tomonidan mahalla tizimidagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish,  aholi uchun munosib turmush sharoitini yaratish borasidagi ishlar tahlil qilindi. 

Shuningdek,  Ingichka boyitish fabrikasida bo‘lgan masʼullar ishlab chiqarish jarayonlari,  ishchi-xodimlar uchun yaratilgan shart- sharoitlar bilan tanishdilar. Bu borada o‘zlarining fikrlarini bildirdilar. 

Ishchi guruhning faoliyati davom etmoqda. 

Teglar
- -