Vatanparvarlik tarbiyasi – bu butun jamiyatning ishi
Bugun Kattaqo’rg’on shahar Yoshlar ishlari bo’limi va Kattaqo’rg’on garnizoni bilan hamkorlikda “Vatanparvarlik oyligi” doirasida “Harbiylar hayotidan bir kun” nomli yoshlar vakillari ishtirokida sayohat tashkil etildi.
Shahrimiz yoshlari harbiy qismlarda harbiylar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, ular bilan birga mashg’ulotlarni bajarishdi. Sayohat davomida yoshlar harbiy texnikalar va qurol-aslahalar bilan tanishishdi.
Shunigdek, “Vatanparvarlik oyligi” doirasida “Askarlar va yoshlar uchrashuvi” ham bo'lib o’tdi. Mazkur uchrashuv davomida harbiylar tomonidan yoshlarni qiziqtirgan savollarga javob berildi. Uchrashuv davomida harbiy xizmatchilarning ko’rgazmali chiqishlari va harbiy orkestr ijrosidagi musiqalar yoshlarda katta tassurot qoldirdi.
“Vatanparvarlik” oyligi davom etmoqda…
Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.